Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turk razvedkasi Isroilning «Temir gumbaz»ini buzgan hakerni qutqarib qoldi

Turk razvedkasi Isroilning «Temir gumbaz»ini buzgan hakerni qutqarib qoldi

Falastin fuqarosini o‘g‘irlab ketgani uchun qo‘lga olingan «Mossad» xodimlari

Foto: «Sabah»

Turk milliy razvedka boshqarmasi 2015–2016-yillarda Isroilning «Temir gumbaz»deb nomlanuvchi raketa-zenit majmuasi tizimini buzib kirgan hakerni «Mossad»ning qo‘lidan qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda Sabah nashri.

Qayd etilishicha, Umar ismli ushbu shaxs dasturiy ta’minot va hakerlik bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi mutaxassislardan biri hisoblanadi. «Temir gumbaz»ini buzgan vaqtda u atigi 26 yoshda bo‘lgan.

Falastinlik muhandisning 2020-yili Misr orqali Istanbulga kelgan. Isroil ayg‘oqchilari ish taklifi bilan unga bir necha marta aloqaga chiqishadi. Biroq turk razvedkasi hakerni ularning kimligidan ogohlantirib, Turkiyada olib qoladi.

2022-yilning sentyabrida Umar Malayziyaga borganda «Mossad» tomonidan o‘g‘irlab ketiladi. Bundan xabar topgan turk maxsus xizmatlari malayziyalik hamkasblari bilan haker ushlab turilgan uyga hujum qilib uni qutqarishadi. 32 yoshlik haker hozir Turkiyada xavfsiz joyda ekani aytilmoqda.

Foto: «Sabah»

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Isroilning yadro quroliga egaligini strategik muammo deb biladi. Uning ta’kidlashicha, Isroil Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilmagan, biroq bu uning yadroviy salohiyatini rivojlantirishiga to‘sqinlik qilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring