Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegramm orqali 50 ming so‘m o‘g‘irlagan navoiylik yigit 8 yilga qamalishi mumkin

Telegramm orqali 50 ming so‘m o‘g‘irlagan navoiylik yigit 8 yilga qamalishi mumkin

Internet tarmog‘i orqali o‘zgalarning ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan o‘g‘irlik qilib yurgan navoiylik yigitga shinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ichki ishlar organiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi fuqaro S.M. ariza bilan murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u Telegramm messenjeridagi «Halol aksiya» guruhiga a’zo bo‘lgan. Guruh administratori «Halol aksiya» guruhiga odam qo‘shganligi uchun unga «Samsung A32» rusum telefonini yutib olganini va telefonni yetkazib berish uchun 50 ming so‘m so‘ragan. So‘ng fuqaro S.M. aytilgan pulni ko‘rsatilgan bank kartasiga o‘tkazib bergan. Biroq va’da qilingan telefon apparati yetib kelmagan.

U guruh administratori bilan bog‘lanishga harakat qilganida uni tarmoqda bog‘lanishni cheklovchi «qora ro‘yxat»ga kiritib qo‘yganini bilgan.

Tekshiruvda firibgar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi, 24 yoshli D.Sh. ekanligi aniqlanib, boshqa qilmishlari fosh etilgan. Tergov organi firibgarning boshqa qilmishlariga oydinlik kiritmagan. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi — o‘g‘irlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi — o‘g‘rilik:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib;

v) ko‘p miqdorda;

g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan bo‘lsa — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring