Tekshiruv boshlandi: vertolyotga sig‘magani uchun asirdagi afg‘on o‘ldirilgan
Avstraliya mudofaa vazirligi Afg‘onistonda mahbusning maxsus kuchlar tomonidan o‘ldirilishi ehtimolini tekshirmoqda. Bu haqda Amerikaning ABC telekanaliga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Hodisa 2012-yilda sodir bo‘lgan. Avstraliyalik maxsus kuchlar qamoqxonaga olib ketayotgan vertolyotda bo‘sh joy yetmagani bois asirga olingan afg‘onni otib tashlashgan.
Vertolyot ekipaji boshlig‘i jurnalistlarga ma’lum qilishicha, avstraliyalik harbiylar bortga yetti nafar harbiy asirni olmoqchi bo‘lishgan, biroq atigi oltita joy qolgan edi.
Avval atrof jimjit bo‘lib qoldi, so‘ng o‘q ovozi yangradi. Shundan keyin avstraliyaliklar: «Ok, bizda bor-yo‘g‘i oltita asir bor», deb aytishdi.
«Ular endigina ushlanib, bog‘langan afg‘onni shunchaki o‘ldirishgandi», — dedi amerikalik harbiy xizmatchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter