Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va bayram tadbiri tashkil etildi (foto)

TATUda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va bayram tadbiri tashkil etildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot  texnologiyalari universitetida «Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqib, Navro‘z ayyomi bilan barcha yig‘ilganlarni muborakbod etdi.    

Bayram tadbir doirasida «Bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi» tashkil etildi. Uning doirasida talabalar uchun korxona va tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi.

Ayni daqiqalarda davom etayotgan bayram tadbirining bir tarafida ko‘rgazma bo‘layotgan bo‘lsa, universitet xovlisida milliy o‘yinlar – arqon tortish, kurash, tosh ko‘tarish kabi musobaqalar o‘tmoqda.

Shuningdek, «Aziz Vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!» mavzusida teatrlashtirilgan adabiy-musiqiy qismi tashrif buyuruvchilarga taqdim etilmoqda.

«Inson qadri» shiori ostida AKT vazirligining maxsus loyihasiga ham start berildi. Unga ko‘ra, TATUning imkoniyati cheklangan, «Temir daftar», «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari»ga kiritilgan talabalari vazirlik tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. 

«Xabar.uz» bayram tadbiri joyidan fotoreportaj tayyorladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring