Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘zgardi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘zgardi

Foto:Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bergan.

M.Mamatxonov 1974-yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012-yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 1998 – 2016-yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.

2016 – 2017-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. Mamatxonov 2018-yildan to shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring