Qozog‘iston orqali harakatlanishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu hududda ob-havoning keskin sovushidan ogohlantirilmoqda.
«So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan», – deyiladi Mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantiruvida.
Agentlik, shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin o‘zbekistonlik oilaning G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida YTHga uchragani va oilaning 3 nafar a’zosi halok bo‘lgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter