Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada 100 nafar o‘zbekistonlik 2 oy davomida oyliksiz ishlatilgan

Rossiyada 100 nafar o‘zbekistonlik 2 oy davomida oyliksiz ishlatilgan

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida ish beruvchi bir guruh shaxslarning fuqarolik pasportlarini olib qo‘ygan hamda ikki oy davmoida maosh bermasdan parrandachilik fabrikasida majburiy tarzda ishlatib kelgan. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Holat yuzasidan uch nafar o‘zbekistonlik Tashqi mehnat migratsiya agentligining Yekaterinburg shahridagi vakiliga murojaat qilgan. Shundan so‘ng olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Moskva viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Konstanta” MChJ 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlikni Sverdlovsk viloyatidagi yirik tovuq yetishtirish xo‘jaligiga olib kelgani aniqlangan.

Migrantlar Rossiyada vaqtincha bo‘lish va ishlash huquqini beruvchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilmasdan ishga jalb etilgan. Fuqarolik pasportlari tortib olingan ushbu shaxslarga 2 oy davomida maoshlari berilmagan.

O‘zbekistonlik rasmiylar bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng korxona rahbariyati fuqarolarning pasportlari qaytarib bergan. 53 nafar o‘zbekistonlik Tashqi mehnat migratsiya agentligining ko‘magida O‘zbekistonga yetkazilgan. Qolganlar esa Yekaterinburg, Moskva va boshqa shaharlarida qonuniy tarzda o‘z faoliyatlarini davom ettirish istaklarini bildirgan. «Dunyo» axborot agentligi tarqatgan xabarda o‘zbekistonlik muhojirlarning ikki oylik ish haqi undirilganiga oid ma’lumot keltirilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring