«Talaba guvohnomasi ID kartaga almashtiriladi» — vazir
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov shanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida asosiy e’tiborni oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish masalasiga qaratdi.
«Bugundan rektorlar kirishishi kerak, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida jurnal, reyting daftarcha qog‘oz ko‘rinishda bo‘lmaydi. Talaba guvohnomasini ham ID kartaga o‘tkazish va unda barcha ma’lumotlar saqlanishi bo‘yicha budjet loyihasi o‘tdi. Bu ham muhokamada hozir», — dedi Abduqodir Toshqulov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, endi har bir fakultetga kirganda ko‘zga tashlanib turuvchi, A1 va A2 formatdagi o‘quv prorektori tasdiqlagan dars jadvali — bu ko‘rsatkich emas.
«Vazir, mas’ullar borganida talabaning qo‘lidan smartfonini olib, uni ilovada ko‘rsatib berishi, dars jadvali uning telefonida bo‘lishi kerak», — dedi u.
Vazir shuningdek, xorijlik hamkasblari oldida hijolat bo‘layotganini, chet ellik hamkasblari oldida — buni endi joriy qilayapmiz deyishga uyalayotganini ham ta’kidlagan.
«Bu 10−15 yil oldin Yevropa, G‘arbda, Sharqda qilingan narsa. Lekin hechdan ko‘ra kech», — degan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter