Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda haydovchi piyodani urib yuborib qochib ketdi. Piyoda halok bo‘lgan (video)

Surxondaryoda haydovchi piyodani urib yuborib qochib ketdi. Piyoda halok bo‘lgan (video)

Joriy yil 12-dekabr kuni soat 19:30 larda Surxondaryo viloyati Angor tumani Yangiobod mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-1597 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yo‘l o‘rtasida yotgan noma’lum fuqaroning jasadi aniqlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘sha kunning o‘zida xodimlar holatga oydinlik kiritish va murdaning shaxsini aniqlash ishlarini olib borgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro noma’lum transport vositasi tomonidan sodir etilgan YTH natijasida og‘ir tan jarohati olib, shu joyning o‘zida vafot etgan.

Olib borilgan tezkor choralar davomida piyodani urib ketib, unga birinchi yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan haydovchining shaxsi aniqlangan. 1966-yilda tug‘ilgan haydovchi «Lada Samara» rusumli avtomobilida e’tiborsizligi tufayli yo‘lning qatnov qismida mast holda yotgan piyodani ko‘rmasdan bosib ketgan.

Viloyat IIB boshlig‘i Ilhom Soipovning ma’lumot berishicha, hodisaga mazkur yo‘lda ajratuvchi chiziqlarning chizilmagan va tunggi yoritish chiroqlarining yo‘qligi ham sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan JKning 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi hamda 117-modda (xavf ostida qoldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring