Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Superliganing internetdagi translyasiya huquqi Shveysariya kompaniyasiga sotildi

Superliganing internetdagi translyasiya huquqi Shveysariya kompaniyasiga sotildi

Foto: «Pfl.uz»

O‘zbekiston Professional futbol Ligasi o‘z tarihida birinchi bor internet tarmog‘idagi translyasiya huquqini sotishga erishdi. Ushbu huquqni O‘zPFLdan Shveysariyada joylashgan «Empower sports» kompaniyasi 4 yillik muddatga xarid qildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.

«Empower sports» kompaniyasi futbolni internet tarmog‘ida maxsus texnologiyalar yordamida translyasiya qilish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.

Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik qilayotgan «Empower sports» 2017-yilda 3900ta o‘yinni internetda jonli tarzda translyasiya qilgan. Kompaniya O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan OFKningqit’ada Ligalarni rivojlantirish dasturi doirasida hamkorlik qilib kelgan. Ushbu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida «Empower sports»ning rahbariyati O‘zbekiston Professional futbol Ligasi tasarrufida o‘tayotgan musobaqalarning elektron huquqini xarid qilishga qaror qilgan.

O‘zPFL bosh direktori Omon G‘afurovning aytishicha, hozirgi kunda superliganing 6 klubi («Nasaf», «Paxtakor», «Qo‘qon-1912», «So‘g‘diyona», AGMK, «Lokmotiv») uy uchrashuvlarini translyasiya qilish imkoniyatiga ega. Kelajakda bosqima-bosqich pro-liga, yoshlar ligasi, futzal va ayollar chempionatlarida ishtirok etuvchi jamoalar ham internet translyasiya qilinadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring