Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Superligasining joriy mavsumi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Superligasining joriy mavsumi yakuniga yetdi

Foto: Championat.asia

Bugun, 30-noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining so‘nggi 26-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

«Nasaf» chempionlikni muddatidan avval qo‘lga kiritganidan buyon faqat yutqazmoqda. Qarshiliklar o‘z maydonidagi oxirgi o‘yinni ham boy berishdi — «Metallurg» qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritib so‘nggi o‘rindan yuqorilashga erishdi va Superligada qolish uchun o‘tish o‘yinida qatnashadi.

«OKMK» esa so‘nggi turdagi g‘alabadan so‘ng 47 ochko to‘plab, kumush medallarni naqd qildi.

Azaliy raqiblar — «Navbahor» va «Andijon» o‘rtasidagi to‘qnashuv doimgidek murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi, hisob ham shunga mos — 3:3. Namanganliklar bu yilgi mavsumda bronza medallar bilan kifoyalanadigan bo‘lishdi. «Andijon» esa turnir jadvalini 9-o‘rin bilan yakunladi.

«Neftchi» safarda «Lokomotiv»ga qarshi o‘ynadi. Farg‘onaliklar bronza medallar, «Lokomotiv» o‘tish o‘yinida qatnashish uchun kurashayotgani uchun har ikki jamoaga faqat g‘alaba zurur edi. Yakunda jamoalar murosa ko‘chasini tanladi. «Neftchi» 43 ochko to‘plab («So‘g‘diyona» va «Navbahor» bilan o‘zaro o‘yinlaridagi natijalari yomon ekani sababli) 5-o‘rinda qoldi. «Lokomotiv» Pro Ligaga tushib ketdi.

«Dinamo» esa medallar uchun kurashayotgan «So‘g‘diyona» yengib, «bronza»dan mahrum qildi. 43 ochko to‘plagan jizzaxliklar mavsumni 4-o‘rin bilan yakunlashdi.

Poytaxt derbisida «Paxtakor» «Bunyodkor»ga mag‘lub bo‘ldi.

«Surxon» klubi «Olimpik»ni katta hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Surxondaryo jamoasi — 7-o‘rinda, «Olimpik» esa o‘tish o‘yinida qatnashadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring