«Summit» superkompyuteri butun yer aholisi 305 kunda barajaradigan ishni bir soniyada uddalaydi
Tennessi shtatidagi Okrijsk milliy laboratoriyasida AQSh Energetika vazirligi qoshida dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratildi, deb xabar beradi «NV.ua».
«Summit» nomini olgan kompyuterning kuchi 200 petaflopsga teng. Mashina bir soniyada 200 mln milliard operatsiyani bajarishga qodir.
«Taqqoslash uchun: yangi mashina bir soniya ichida Yer yuzidagi barcha odamlar 305 kun davomida tinimsiz bajarishi kerak bo‘lgan ishni amalga oshirishga qodir», — deyiladi xabarda.
«Summit» ning quvvati Xitoyda yaratilgan «Sunway TaihuLight» superkompyuterinikidan (93 petaflops) ikki barobarga yuqori. Olimlar «Summit»dan genlarning saraton hujayralarga bog‘liqligini o‘rganishda, shuningdek, iqlimiy o‘zgarishlarni modellashtirish orqali ob-havo bashoratlari aniqligini oshirishda foydalanish niyatida.
Bundan tashqari superkompyuterdan harbiy texnologiyalarni yaratishga ham foydalaniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter