Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp eng kuchli sun’iy intellektli superkompyuterga $500 mlrd ajratdi

Tramp eng kuchli sun’iy intellektli superkompyuterga $500 mlrd ajratdi

Foto: Ferra

AQSh prezidenti Donald Tramp Stargate loyihasiga $500 mlrd ajratdi. Ushbu loyiha sun’iy intellekt uchun infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan.

Loyiha OpenAI, SoftBank, Oracle, Microsoft va NVIDIA singari yirik texnogigantlar ishtirokida amalga oshiriladi.

Tashabbus 100 mingdan ortiq ishchi o‘rni yaratilishiga va Xitoy asosiy raqobatchi sanalgan global texnologiyalar poygasida AQShning mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

AQShning turli shtatlarida data-markazlar va tadqiqotlar olib boriluvchi kampuslar barpo etiladi, Texasda ilk obyektlar qurilishi boshlab yuborilgan.

OpenAI rahbari Sem Altman bunchalik keng ko‘lamli loyihani faqat AQSh uddalashini ta’kidladi. SoftBank bosh direktori Masayoshi Son qo‘shimcha qilishicha, sun’iy intellekt rivojlantirilishi nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring