Superkompyuter APL g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlarni ko‘rsatdi

Opta superkompyuteri APL (Angliya chempionati) joriy mavsumining qolgan qismi bo‘yicha 10 mingta simulyasiyadan so‘ng chempionlikka eng yaqin jamoalarni ko‘rsatdi.
Kompyuterga ko‘ra, Angliya chempioni bo‘lish uchun yaqqol nomzod — «Liverpul» (85,8 foiz).
«Arsenal»ning imkoniyatlari — 14,1 foiz, «Manchester Siti» esa 0,1 foiz ehtimol bilan chempion bo‘lishi mumkin — Abduqodir Husanov jamoasi turnirni yutishi uchun mo‘’jiza yuz berishi kerak.
APL turnir jadvalida ortda qolgan 25-turdan so‘ng «Liverpul» yaqqol karvonboshiga aylangan (60 ochko). Ikkinchi o‘rindagi «Arsenal» hisobida 53 ochko bor, «Nottingem Forest» — uchinchi (47 ochko), «Manchester Siti» — to‘rtinchi (44 ochko) o‘rinda.
Jamoalar jami 38 tadan o‘yin o‘tkazadi, mavsum tugashiga 13 tur qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas