Slot: «Buni so‘zlar bilan ifodalash qiyin»

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot APLdagi chemponlikdan keyingi his-tuyg‘ularini bo‘lishdi. Uning jamoasi 34-turda «Tottenxem»ni (5:1) mag‘lub etdi va APL g‘olibligini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.
«Bu so‘zlar bilan ifodalash qiyin. Bu muxlislar uchun qanchalar muhimligini sezasiz. Biz o‘yinga qanay qaytishni va qanday g‘alabaga erishishni bilamiz. Bugun mag‘lubiyatning imkoni yo‘q edi, biz faqat g‘alaba qozonimz kerak edi», – dedi Slot «Sky Sports»ga bergan intervyusida.
Shuningdek, u jamoa bosimni his qilganini, lekin butun mavsum davomida maqsadga intilishni davom ettirganini ta’kidladi: «APL – qiyin turnir, lekin biz har doim muvaffaqiyatga ishonganmiz».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter