Sudyalar oliy maktabining yana 6 nafar bitiruvchisi sudyalik lavozimiga loyiq ko‘rildi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan olti nafar bitiruvchi ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.
Kengash qaroriga muvofiq:
Samandarov Uchqun Uktamovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Samiyev Baxtiyor Teshayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Xorazm viloyati Urganch tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Raximov Umidjon Aliyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Denov tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Ermetova Shoira Xasanovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Tursunov Dilmurod Normurotovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Shokirova Muhabbatxon Nurmatovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter