Bozorlarda sabzi narxi arzonladi(mi)?
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda 15 ming so‘mgacha ko‘tarilgan sabzi narxi maksimal 10 ming so‘m miqdorida ko‘rsatilgan.
2021-yil 7-iyul holatiga ko‘ra:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 45000 – 68000 so‘m;
Qo‘y go‘shti (1 kg) - 52000 – 80000 so‘m;
Kartoshka (1 kg) - 1500 – 5000 so‘m;
Piyoz (1 kg) - 800 – 3500 so‘m;
Sabzi (1 kg) - 3000 – 10000 so‘m;
Tuxum (10 dona) - 5000 – 14000 so‘m;
Guruch (1 kg) - 5000 – 18000 so‘m;
O‘simlik yog‘i (1 l) - 14000 – 24000 so‘m;
Shakar (1 kg) - 7500 – 9000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yangi hosil evaziga sabzi narxi tushishi kutilayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter