Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Statqo‘m: qo‘y go‘shti va sabzi narxi arzonladi

Statqo‘m: qo‘y go‘shti va sabzi narxi arzonladi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

2022-yil 30-noyabr holatiga

Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 48 000 – 78 000 so‘m

Qo‘y go‘shti (1 kg) - 55 000 – 91 000 so‘m (avvalroq 58 -91 ming chegarasida edi). 

Kartoshka (1 kg) - 3000 – 6000 so‘m

Piyoz (1 kg) - 2500 – 6000 so‘m

Sabzi (1 kg) - 1 500 – 5 500 so‘m (bir hafta avval 2000-5500 so‘m chegarasida edi)

Tuxum (10 dona) - 10 000 – 17 000 so‘m

Guruch (1 kg) - 6000 – 26 000 so‘m

O‘simlik yog‘i (1 l) - 16 500 – 30 000 so‘m

Shakar (1 kg) - 11 000 – 17 000 so‘m

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring