Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kubadagi aviahalokatning ehtimoliy sababi ma’lum qilindi

Kubadagi aviahalokatning ehtimoliy sababi ma’lum qilindi

Foto: «AP»

Kecha 18-may kuni Kubada samolyot halokati sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

17 yillik ish amaliyotiga ega, samolyot uchuvchilari bilan hamkasb bo‘lgan  bortinjenerning ta’kidlashicha, Xose Marti ayeroportidagi aviahalokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Cubadebate» portaliga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lum qilgan.

«Bilaman, siz ham og‘ir holatni boshdan o‘tkazmoqdasiz. Ammo halokatga uchragan Boyeing 737-200 samolyoti ekipajining do‘sti va hamkasbi sifatida men ham qanday g‘amni boshimdan o‘tkazayotganimni tasavvur qiling», — deya ta’kidlagan bortinjener.

Samolyot bortida jami 110 kishi bo‘lgan ulardan 6 nafari ekipaj a’zosi edi. Mahalliy kishilarning ma’lumot berishicha, halokatdan faqat uchta yo‘lovchi tirik qolgan. Ulardan biri shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan, qolganlari ham og‘ir ahvolda ekani xabar qilingan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring