SQB talabalarga imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari ajratadi
«O‘zsanoatqurilishbank» yangi o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalariga imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari ajratadi.
Qiz va ayollar uchun kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.
• Kreditning maksimal miqdori – shartnoma qiymati miqdorida
• Kredit muddati – tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘qish muddatini hisobga olgan holda 11 yil (jami 14 yilgacha)
• Imtiyozli davr – to‘liq o‘qish muddati + 6 oy
Kreditning asosiy qismini imtiyozli davr tugaganidan keyin yetti yil ichida to‘lash mumkin.
Talabalarning oila a’zolari va doimiy daromadga ega bo‘lgan boshqa qarz oluvchilar kreditni rasmiylashtirish va to‘lashda ishtirok etishlari mumkin.
Ijtimoiy himoyaning yagona reyestriga kiritilgan oiladagi xotin-qizlar uchun garov va kafolat talab qilinmaydi.
Barcha kerakli ma’lumotlar www.sqb.uz saytida
Mutaxassis maslahati: 712004343 yoki 1180
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter