Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Soliq hamkor» orqali  xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani aytildi

«Soliq hamkor» orqali  xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani aytildi

2022-yilda «Soliq hamkor» tizimi orqali Soliq huquqbuzarligi haqida 145 224 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan 132 818 tasi xarid cheki bermaslik, 6 056 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik, 496 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish hamda 5 854 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha bo‘lgan.

Murojaatlar asosida 71 957 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 98 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

«O‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari materiallari ko‘rib chiqilgan 63 331 ta tadbirkorlik sub’yektiga 268,4 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarimalar qo‘llanilib, ularni 63 135 tasidan 226,5 mlrd so‘m jarima undirildi», – deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.

Natijada, 52 608 xolat bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 35,3 mlrd so‘m mukofot to‘langan.

Murojaatlarning 67 885 tasi esa takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring