Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Joriy yil 16-mayda qabul qilingan O‘RQ-1063-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar yig‘im turlari jumlasiga kiritildi.
Bunda pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hamda YaTTlar ushbu yig‘imlarning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Shuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilandi.
Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvargacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:
- bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘ini;
- ijaraga berilgan ob’yektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter