Slovakiya tarixida birinchi bor: jurnalistning hayotiga qasd qilishdi
Yan Kuchak va uning hamrohi — qizning jasadi Trnava shahri yaqinidagi Velka Macha aholi maskanidagi uydan topildi. Bu haqda «DW» xabar bergan.
Politsiya ma’lumotida ularning o‘q otish quroli yordamida o‘ldirilgani aytiladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari 27 yoshli jurnalist yigitning o‘limi bevosita uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liqligini gumon qilmoqda.
Marhum jurnalist soliq tizimidagi firibgarliklar bo‘yicha surishtiruvlari bilan ancha tanilib qolgandi. U mamlakatdagi hukmron sotsial-demokratik partiya, hatto jinoiy to‘dalar bilan aloqador tadbirkor-qoidabuzarlarni fosh qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter