Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar uchun eng qayg‘uli yil

Jurnalistlar uchun eng qayg‘uli yil

Foto: Shafaqna.com

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda jahon bo‘yicha kamida 124 nafar ommaviy axborot vositasi xodimi halok bo‘ldi.

CPJ bosh direktori Jodi Ginsbergning fikricha, jurnalistlarni o‘ldirish ko‘payishi — «butun dunyoda OAVni tiyish bo‘yicha yanada kengroq tendensiyaning bir qismi sanaladi».

«Bu muammo barchamizni tashvishlantirishi shart. Negaki, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashishimiz va hokimiyatni qo‘lida tutib turganlarni javobgarlikka tortishimizga senzura xalaqit bermoqda», — dedi Ginsberg.

CPJ ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda eng ko‘p — 85 nafar jurnalist Falastin-Isroil urushida halok bo‘ldi. Pokiston va Sudanda — olti nafardan, Meksikada — besh, Suriyada — to‘rt, Livan, Iroq va Myanmada — uch nafardan jurnalist o‘ldirilgan.

Hali hech qachon bir yilda bunchalik ko‘p jurnalist o‘ldirilmagan, deyiladi qo‘mita hisobotida.

So‘nggi marotaba jurnalistlar eng ko‘p 2013-yilda halok bo‘lgan — 113 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring