Sirdaryoda tibbiyot klasteri ish boshlaydi
Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari ishtirok etdi.
Juranlistlar «Guliston tibbiyot klasteri»ning dastlabki bosqichi bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Bugungi kunda klasterning birinchi binosi qurib bitkazilgan. 2022-yilning 1-yanvarida bemorlarni qabul qiladi.
Ishlab chiqilgan reja asosida 10 nafar mutaxassislar Rossiya, Belarus va Toshkent shahrida ikki yil davomida malaka oshirishga jalb etiladi.
Joriy yilda Guliston davlat universitetida tibbiyot fakulteti ochilib, yuzga yaqin talaba tahsil olmoqda. Kelgusida ushbu talabalar «Guliston tibbiyot klasteri»ga ishga qabul qilinadi.
Birinchi bosqichda 6 ta shifoxonalarni o‘z ichiga oladigan ushbu loyihada transplantologiya ishlarini amalga oshirishni 2023 yilga rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter