Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyati IIBga yangi rahbari tayinlandi

Sirdaryo viloyati IIBga yangi rahbari tayinlandi

Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar vaziri ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala ham ko‘rildi.

Unda Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistratura bosqichi tinglovchisi podpolkovnik Farruh Ubaydullayevich Haydarovning Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Haydarovga qadar viloyat IIBni boshqarib kelgan polkovnik Sanjar Jabbarov Andijon viloyati IIBga boshliq etib tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring