Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xorijga qovun-tarvuz eksportini qariyb 72 foizga oshirdi

O‘zbekiston xorijga qovun-tarvuz eksportini qariyb 72 foizga oshirdi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 33,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 119,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 50,1 ming tonna (71,8  foiz)ga ko‘paygan.

O‘zbekiston 2022-yilning 8 oyida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:

— Qozog‘iston – 53,6 ming tonna

— Rossiya – 26,9 ming tonna

— Qirg‘iziston – 19,9 ming tonna

— Tojikiston – 12,2 ming tonna

— Latviya – 2,4 ming tonna

— Belarus – 2,3 ming tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring