Uch oyda 629,3 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–mart oylarida xorijga 629,3 mln AQSh dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
To‘qimachilik mahsulotlarining umumiy eksportdagi ulushi 7,8 foizni tashkil etdi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi (AQSh dollari):
- tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 286,6 mln;
- ip-kalava — 217,8 mln;
- trikotaj mato — 71,8 mln;
- gazlamalar — 37,4 mln;
- paypoq mahsulotlari — 10,3 mln;
- gilam mahsulotlari — 5,4 mln.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter