Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bizdagi mahsulotlarning «nomi chiqmagani» uchun tashqarida juda arzon sotilyapti — Prezident

Bizdagi mahsulotlarning «nomi chiqmagani» uchun tashqarida juda arzon sotilyapti — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, birinchi 4 oyda eksport 20 foizga oshdi. Yuqori o‘sish sur’atlari asosan kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, IT, turizm va transport xizmatlari hisobidan ta’minlanmoqda.

Lekin to‘qimachilik eksporti 825 million dollar, ya’ni o‘tgan yilgidan 175 million dollarga kam bo‘ldi.

«Ko‘pchilik sifatga ishlayotgani bilan buni ko‘rsatib bera olmayapti. Bizdagi mahsulotlarning «nomi chiqmagani» uchun tashqarida juda arzon sotilayapti. Mahsulot sifatini ko‘rsatib, uni qimmat bozorlarga olib chiqadigan eng asosiy kalit, bu — xalqaro sertifikatlar», — dedi Prezident.

To‘qimachilik sohasidagi 1,5 mingdan ziyod yirik va o‘rta korxonadan faqat 244 tasida xalqaro sertifikat bor.

Savdo-sanoat palatasi har bir korxonaga borib, sertifikat olishga ko‘maklashsa, qo‘shilgan qiymatni ham, eksportni ham oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida xalqaro sertifikatga ega korxonalarni 20 taga yetkazish, qolgan hududlarda yana 10 tadan korxonaga sertifikat olishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring