Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch oyda 629,3 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi

Uch oyda 629,3 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi

Foto: BSS.UZ

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–mart oylarida xorijga 629,3 mln AQSh dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

To‘qimachilik mahsulotlarining umumiy eksportdagi ulushi 7,8 foizni tashkil etdi.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi (AQSh dollari):

  • tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 286,6 mln;
  • ip-kalava — 217,8 mln;
  • trikotaj mato — 71,8 mln;
  • gazlamalar — 37,4 mln;
  • paypoq mahsulotlari — 10,3 mln;
  • gilam mahsulotlari — 5,4 mln.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring