Shimoliy Makedoniyada samolyot halokatga uchradi
Shimoliy Makedoniya tog‘larida bolgariyalik oilani olib ketayotgan yengil motorli «Chesna» samolyoti qulab tushdi. Hodisa haqida rasman respublika IIV vakili Toni Angelovski xabar berdi.
Uning aytishicha, aviahalokat 2-aprel kuni, kechi payt sodir bo‘lgan. Samolyot poytaxt Skopedan 35 kilometr olislikdagi borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududga qulab tushgan.
Bolgariya tashqi ishlar vazirligi ushbu samolyot Oxriddan Sofiyaga uchayotganini aniqladi. Halokatga yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan degan taxminlar bor.
Qidiruv ishlari bugun, 3-aprel tongidan boshlangan. Qutqaruvchilar samolyot bo‘laklarini topishdi. «bTV» telekanali ma’lum qilishicha, samolyot bortidagi 4 kishi halok bo‘lgani ehtimoli juda yuqori. Hozircha bu haqda rasman ma’lum qilinmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter