Shimoliy Makedoniyadagi prezidentlik saylovida birinchi marta ayol kishi g‘alaba qozondi
Shimoliy Makedoniyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Gordana Silyanovska-Davkova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Gordana Silyanovska-Davkova muxolifatdagi yetakchi partiya — «Ichki makedon inqilobiy tashkiloti — Makedoniya milliy birdamligi demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod bo‘lib, chorshanba kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida saylov varaqalarining 99,75 foizi ishlanganidan so‘ng 65,14 foiz ovoz to‘pladi.
Davlat saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Makedoniya sotsial-demokratlar ittifoqidan nomzodi ko‘rsatilgan amaldagi prezident Stevo Pendarovskiga saylovchilarning 29,25 foizi ovoz bergan.
Gordana Silyanovska-Davkova matbuot anjumani o‘tkazib, qo‘llab-quvvatlashgani uchun saylovchilarga minnatdorlik bildirdi va «shu lahzadan boshlab» «respublikaning barcha fuqarolari prezidenti» sifatida ishga kirishishini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter