Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlar yordamisiz OIVdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan ayol topildi

Shifokorlar yordamisiz OIVdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan ayol topildi

Foto: «M.in-news.ru»

Olimlar shifokorlarning yordamisiz OIVdan mutlaqo mustaqil tuzalishga muvaffaq bo‘lgan ayolni aniqlashdi. Bu haqda «Nature» jurnali xabar bergan.

Mutaxassislar «elita nazoratchilar» (alternativ atamasi — nonprogressorlar) deb ataluvchi salomatligini yaxshilash uchun dori-darmon qabul qilmasdan OIV bilan yashayotgan odamlarning qon tahlillarini taqqoslashdi. Ayniqsa, bir ayol olimlarning e’tiborini jalb qildi. U 25 yildan beri immun tanqis virusi bilan yashaydi. Dastlabki qon tahlili OIV izlarini aniqlay olmadi, biroq keyingi o‘rganishlar virus hujayralari unda borligini, faqat ular ko‘payish qobiliyatidan mahrum bo‘lganini ko‘rsatdi.

Virusologlarning fikricha, bu ayolni immuniteti ilik transplantatsiyasi o‘tkazilmasdan va davolanmasdan OIVni yenga olgan tarixdagi birinchi odam deb atash mumkin. Faqat buni to‘la ishonch bilan e’lon qilish uchun tadqiqot mualliflari yetarlicha ma’lumotga ega emas. Olimlar ayolni o‘rganishni davom ettirishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring