OIVdan davolangan dunyodagi ilk inson oqqondan vafot etdi
Amerikalik Timoti Rey Braun 13 yil muqaddam OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi)dan to‘liq davolanib chiqqan ilk insonga aylangandi. Ammo uzoq yashash nasib etmadi, leykemiya (qon saratoni, oqqon) qaytalanishi oqibatida dunyodan ko‘z yumdi.
«Berlinlik bemor» deya nomi chiqqan Timoti Rey Braun 2007-yili suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan eson-omon chiqadi. Unga donorlik qilgan insonda OIVga qarshi noyob bardoshlilik immuniteti bor ekan, operatsiyadan so‘ng Braun naqafat saraton, balki virusdan ham forig‘ bo‘lgandi.
O‘tgan 13 yil davomida Braunda OIVning bironta alomati sezilmagandi. Ammo yaqinda unda leykemiya qaytalanib, Kaliforniyadagi shifoxonaga yotqizilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter