Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol kishi ilk bor OIV infeksiyasini yengishga muvaffaq bo‘ldi

Ayol kishi ilk bor OIV infeksiyasini yengishga muvaffaq bo‘ldi

Nyu-Yorklik ayol ildiz hujayra transplantatsiyasi va qon quyish orqali OIVdan xalos bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal ma’lum qildi.

Ayol dunyoda virusni yengishga muvaffaq bo‘lgan to‘rtinchi bemor, biroq ba’zi tadqiqotchilar bu gapga qarshi chiqishmoqda.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, ayol keng qamrovli testlarda virusning hech qanday belgilarini ko‘rsatmagan, chunki u OIV infeksiyasini to‘sib qo‘yadigan noyob genetik mutatsiyaga ega ildiz hujayra transplantatsiyasini olganidan keyin antiretrovirus davolashni to‘xtatgan.

2013 yilda unga OIV tashxisi qo‘yilgan. To‘rt yil o‘tgach, unga leykemiya tashxisi qo‘yildi. Gaplo-kindik ko‘chirib o‘tkazish deb nomlanuvchi protsedurada u saraton kasalligini davolash uchun qisman mos keladigan donordan kindik qonini olgan. Transplantatsiya qilinganida, yaqin qarindoshi uning immunitetini oshirish uchun qon bergan.

«Bizning taxminimizcha, AQShda yiliga 50 ga yaqin bemor bu muolajadan foyda ko‘rishi mumkin», — deydi davolashda ishtirok etgan shifokorlardan biri doktor Koen van Bezien.

2017 yil avgust oyida transplantatsiya qilinganidan beri ayol leykemiya remissiyasida edi. Transplantatsiyadan uch yil o‘tgach, u va uning shifokorlari OIV bilan davolashni to‘xtatdilar.

Avval «berlinlik bemor», amerikalik Timoti Rey Braun va «londonlik bemor» Adam Kastilexoda qon saratonini davolash uchun suyak iligi transplantatsiyasidan o‘tkazilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, OIVdan uchinchi davolangan braziliyalik 36 yoshli erkak bo‘lib, uni «San-Paululik bemor» deb atashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring