Shifokorlar va hamshiralar yetishmayapti — Marokash
Hozirga kelib Marokash sog‘liqni saqlash tizimi 32 ming nafar shifokor va 65 ming nafar hamshiraga ehtiyoj sezmoqda, dedi mamlakat Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vaziri Xolid Ayt Tolib.
Vazirning aytishicha, shifokorlar yetishmovchiligi shunchalik jiddiy muammoki, hatto kadrlarni tezroq yetkazish uchun tibbiyot oliygohlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yilga qisqartirildi.
2025-yilga borib, Marokash har 1000 kishiga shifokorlar sonini 1,7 nafardan 2,5 nafarga yetkazishni rejalashtirgan. Bu raqamlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan barqaror rivojlanish maqsadlarining bir qismi sanaladi, dedi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter