Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShda ham ishlashi mumkin

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShda ham ishlashi mumkin

O‘zbekistonlik hamshiralar AQSh tibbiyot sohasiga jalb qilinishi mumkin.

Bu haqda Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Azimjon Husanov va «New Future Success Academy» xalqaro hamshiralarni tayyorlash o‘quv markazining O‘zbekistondagi boshqaruvchi menejeri Fozilbek Xonxo‘jayev o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.

Unda, Amerika standartlari bo‘yicha hamshiralarni test sinovlariga tayyorlash markazini mamlakatimiz hududida ochish va imtihon markazini tashkil qilish, (MDH va qo‘shni davlatlarda yagona markaz bo‘ladi) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni AQShda bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

2030-yilgacha AQShda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud. Oliy malakali hamshiralarga yiliga 44 mingta qonuniy ishchi viza ajratiladi.

Uchrashuv yakunida, «New Future Success Academy» kompaniyasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida tibbiyot sohasida nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring