Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor yurakni mustahkamlovchi uch ichimlik haqida ma’lumot berdi

Shifokor yurakni mustahkamlovchi uch ichimlik haqida ma’lumot berdi

Foto: Depositphotos.

Kaliy va magniy miqdori yuqori bo‘lgan ichimliklar yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilashga va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Bu haqda rossiyalik diyetolog, biologiya fanlari nomzodi Aleksandr Miroshnikov «Moskva 24» telekanaliga ma’lum qilgan.

Mutaxassisning fikricha, kuniga atigi bir piyola kofe yoki kakao yurak ishiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu ichimliklar nafaqat kofeinni, balki yetarli miqdorda kaliy va magniyni ham o‘z ichiga oladi, ushbu mikroyelementlar qon bosimini pasaytirishga, qon tomirlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Miroshnikov, shuningdek, muntazam ravishda yangi siqilgan lavlagi sharbatini ichishni tavsiya qilgan.

«Lavlagi sharbati yurakni yaxshi mustahkamlaydi. Gap shundaki, lavlagi tarkibida qon tomirlarimizni kengaytiruvchi va yurakning nafas olishiga yordam beradigan azot oksidi — NO2 mavjud», deydi Miroshnikov.

Diyetolog, shuningdek, ertalab qahva va kakao ichish yaxshiroq ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, siz diyetaga yashil choy qo‘shishingiz mumkin, u yurak tomirlarini elastik qiladigan birikmalarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring