Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurakni mustahkamlash uchun qancha tuxum iste’mol qilish kerak?

Yurakni mustahkamlash uchun qancha tuxum iste’mol qilish kerak?

Foto: Shutterstock/FOTODOM

Yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini kamaytirish uchun haftada bittadan olti donagacha tuxum iste’mol qilish kifoya. Avstraliyaning Monash universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqotda jiddiy yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmagan 70 yoshdan oshgan 8 756 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Olimlar ularning qanday ovqatlanishini tahlil qilishdi va tuxum iste’moliga alohida e’tibor qaratishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, haftasiga bittadan oltitagacha tuxum iste’mol qiladigan odamlarda yurak xastaligidan o‘lish xavfi 29 foizga kamaygan.

Bundan tashqari, haftasiga bittadan oltitagacha tuxum iste’mol qiluvchilar o‘rtasida umumiy o‘lim ko‘rsatkichi tuxumni umuman iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda 17 foiz pastligi ma’lum bo‘ldi.

Olimlarning aytishicha, tovuq tuxumi haqli ravishda foydali ozuqa sanaladi. 100 gramm tuxumda taxminan 13 gramm oqsil mavjud va u organizm tomonidan boshqa oqsillarga nisbatan samaraliroq o‘zlashtiriladi. Tuxum tarkibida muhim aminokislotalarning deyarli barchasi mujassam, shuningdek, A, D, E, B12 vitaminlari, biotin, selen, kalsiy va fosfor kabi minerallar va foliy kislotasiga boy.

Tuxum iste’mol qilish — yurak-qon tomir tizimini yaxshilashning yagona chorasi emas. Har xil xavflarni kamaytirish uchun o‘simliklardan olinuvchi oziq-ovqatlarni ko‘proq iste’mol qilish va jismoniy faollikni oshirish ham olimlar tomonidan tavsiya qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring