Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor gilosning besh muhim xususiyatini ma’lum qildi

Shifokor gilosning besh muhim xususiyatini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

Gilosning inson uchun bir necha foydali tomonlari bor, masalan u tanadagi vitaminlar muvozanatini normallashtirishga yordam beradi. Bu haqda rossiyalik terapevt Inna Mixaylova xabar berdi.

«Gilos kaliy manbai bo‘lib, qon bosimini me’yorda ushlab turadi. Kaliy, o‘z navbatida, organizmdagi suyuqlik muvozanatida muhim rol o‘ynaydi va metabolik jarayonlarni yaxshilaydi. Shuningdek, gilosda juda ko‘p temir moddasi bor, bu sizga kamqonlik bilan tezda kurashishga imkon beradi», — deya tushuntirdi shifokor.

Shifokor qo‘shimcha qilishicha, gilos tarkibida B vitamini bor, u og‘ir yo‘talni davolaydi va astma alomatlarini yo‘qotadi.

Biroq, ba’zi odamlar gilosni iste’mol qilmasliklari kerak. Masalan diabet bilan kurashayotgan kishilarga ushbu mevani istemol qilish tavsiya etilmaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring