O‘zbekiston o‘tgan yilgidan 14,4 ming tonna ko‘proq gilos eksport qildi
O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida 15 ta davlatga qiymati 38,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna gilos eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,4 ming tonnaga oshgan.
2023 yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar, jumladan:
- Rossiya – 19,8 ming tonna
- Qozog‘iston – 6,4 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 6,1 ming tonna
- Belarus – 333 tonna
- BAA – 36 tonna
- Xitoy – 29 tonna
- Malayziya – 17 tonna
- Saudiya Arabistoni – 10,5 tonna
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter