Shifokor antiseptiklarning o‘quvchilarga xavfidan ogohlantirdi
Antiseptiklarni tez-tez ishlatish qo‘llarning qurib qolishiga olib keladi. Bu haqda bugun, ya’ni 2-avgust kuni immunolog-allergolog Andrey Prodeus «Sputnik» radiosi bilan suhbatda aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bola qancha yosh bo‘lsa, uning terisi shuncha ta’sirchan bo‘ladi.
«Katta sinf o‘quvchilarining terisi kattalarniki bilan deyarli bir xildir. Besh yoshgacha bolalarning terisi esa ancha ta’sirchan hisoblanadi. Sanitayzerlardan foydalanganda teri namligini yo‘qotib, qurib qoladi. Birinchi sinf o‘quvchilarida ham xuddi shunday. Ba’zi bolalarning terisi me’yorda bo‘ladi. Chunki bolalar har xil ulg‘ayishadi», — deya izohlaydi ekspert.
Bolalar va kattalar uchun umumiy tavsiyalarga ko‘ra, har 15 daqiqada antiseptiklardan foydalanmaslik kerak, deydi Prodeus.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter