Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«ShHT mintaqada rangli inqiloblarga qarshi turishi kerak» – Si Szinpin

«ShHT mintaqada rangli inqiloblarga qarshi turishi kerak» – Si Szinpin

Xitoy rahbari Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlarini bir tomonlama iqtisodiy sanksiyalarga qarshi turishga chaqirdi. Bu haqda u ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining onlayn yig‘ilishida aytib o‘tdi.

«Xitoy barcha hamkorlari bilan global rivojlanish tashabbusini amalga oshirishga, iqtisodiy globallashuvning to‘g‘ri yo‘nalishiga amal qilishga, proteksionizmga, bir tomonlama sanksiyalarga, milliy xavfsizlik konsepsiyasini xalqarolashtirishga, shuningdek, sun’iy to‘siqlar o‘rnatishga, aloqa va ta’minotni buzishga urinishlarga qarshi turishga tayyor», – degan Xitoy rahbari.

Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, barcha mamlakatlar xalqlari taraqqiyotning ulkan yutuqlaridan teng huquqli foydalanishlari uchun o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga harakat qilish zarur.

Shuningdek, u ShHT rangli inqiloblar va tashqi kuchlarning mintaqa mamlakatlari ishlariga aralashuviga qarshi turishi kerakligini ta’kidlagan.

«Biz mintaqamizning umumiy va uzoq muddatli manfaatlariga asoslangan tashqi siyosatni mustaqil ravishda ishlab chiqishimiz kerak. Biz tashqaridan yangi sovuq urushni qo‘zg‘atish va mintaqamizda blok qarama-qarshiligini qo‘zg‘atishga urinishlarga qarshi hushyor bo‘lishimiz, tashqaridan olib borilayotgan urinishlarga qat’iyan qarshi turishimiz kerak. Har qanday bahona bilan rangli inqiloblarga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim», – degan Si Szinpin.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring