Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumanida sher bolasi 3 yoshli qizchani tishlab olgan

Toshkent tumanida sher bolasi 3 yoshli qizchani tishlab olgan

Foto: «Xabar.uz»

Davlat ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonda sher bolasi noqonuniy boqilayotgani haqida xabar bergan edi. «Daryo» qo‘mita orqali voqeaga aniqlik kiritishicha, sher bolasi ushbu hududda yashovchi 3 yoshli qizchani tishlab olgan.

Foto : Telegram / «Xalq dardi»

«Daryo» muxbiri qizchaning xolasi bilan suhbatlashib, voqea tafsilotlarini o‘rgangan.

Uning aytishicha, 7 aprel kuni tumanning «Bahor» mahallasi Navro‘z ko‘chasidagi uylarning birida noqonuniy boqilayotgan sher kechki 17:30 larda onasi va homilador yangasi bilan do‘konga sut olish uchun chiqqan bolaga hujum qilgan. To‘satdan bolaning orqa tomonidan kelib tashlangan yirtqich qizchaning bosh va yelka qismini tishlashni boshlagan. Ona bolasini sher og‘zidan qutqarib qolgan.

Voqea sherning egalari uydan tashqariga aylantirish uchun olib chiqqan paytda yuz bergan.

Hozirda bola Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani 2-son bolalar jarrohlik klinikasida davolanmoqda. Qizchada jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, sher egalari qizchaning oilasiga bosim qilgan.

«Hudud inspektori kelib, qizning onasidan holat yuzasidan tushuntirish xati va ariza olib ketdi. Keyin bizga hujjatlarni prokuraturaga topshirganini aytdi. Biz holatning bosdi-bosdi bo‘lib ketishidan xavotirdamiz», — degan qizchaning xolasi.

Foto : Telegram / «Xalq dardi»

Hozirda Ekologiya qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, sher bolasi olib ketilgan. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring