Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi – loyiha

Shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi – loyiha

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

U bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Fuqarolik kodekslariga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni, shuningdek sanoat mulki ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, intellektual mulk ob’yektlariga doir shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bunday obektlarga oid mulkiy huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti.

Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiya yig‘ilishlari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring