Shaxmat: 2022-yilgi jahon chempionati mezbonligi qo‘shni davlatga berildi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2022-yilgi rapid va blits bo‘yicha jahon birinchiligi o‘tkazilishini rasman e’lon qildi. Sayyoramizning eng yaxshi shaxmatchilari o‘rtasidagi turnir 25-dekabrdan 30-dekabrga qadar Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkaziladi.
Aslida bir yil avval jahon chempionati Qozog‘istonda o‘tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli Varshava (Polsha)ga ko‘chirilgandi.
O‘sha chempionat shaxmatimiz salohiyatini ko‘rsatib bergan: o‘zbek grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov 2021-yilning 29-dekabr kuni rapid bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi. Blitsda esa fransuz Maksim Vashe-Lagrav zafar quchgan.
Ayollar o‘rtasida rapidda rossiyalik Aleksandra Kostenyuk, blitsda qozog‘istonlik Bibisora Asaubayeva jahon chempionlari bo‘lishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter