Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Vetnam vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Vetnam vitse-prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida Vetnam delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vetnam Prezidenti Nguyen Suan Fukning samimiy salomini yetkazdi.

Muzokaralar chog‘ida sholichilik, paxtachilik, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlarini, avtomobillar uchun butlovchi qismlar va elektronika ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish maqsadida yaqin oylarda ekspertlar darajasida o‘zaro tashriflar o‘tkazilishi, Hukumatlararo komissiya faoliyati qayta tiklanishi hamda O‘zbekiston-Vetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilishi yuzasidan kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring