Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
«Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega bo‘lgan, so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz», — deyiladi maktubda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter