Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim qo‘yildi
Sharof Rashidov tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada Mahmud Xolbutayev tuman hokimi etib tayinlangan.
U 2018-yil 29-oktyabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Sharof Rashidov tumanining sobiq hokimi Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter