Shahrisabzdagi kollej o‘qituvchilarining maoshlari ertaga to‘lanadi
Internet nashrlarida Shahrisabz tumanidagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari 6 oydan buyon maoshsiz ishlayotgani haqida xabar berilgan edi. Qurilish vazirligi ushbu materialga munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayrim sababga ko‘ra, so‘nggi uch oy uchun pedagog-xodimlarga oylik maoshlari berilmagan.
Mazkur masala to‘g‘risida vazirlikning joriy yil 14-martdagi murojaatiga asosan, Qashqadaryo viloyati tegishli mutasaddilari Navro‘z bayramiga qadar barcha qarzdorliklarni uzishni rejalashtirishganini ma’lum qilishgan.
Ushbu holat Qurilish vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan va 18-mart kuni barcha xodimlarga oylik maoshlari to‘lab berilishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter